Bosh sahifa Bluzkalar YOLLAR UCHUN KRUJEVALI MAYKA
YOLLAR UCHUN KRUJEVALI MAYKA

YOLLAR UCHUN KRUJEVALI MAYKA

86 250 so'm

Sotuvda bor

Yozgi, nafis va juda qulay krujevali mayka. Tashqi tomoni rubchik teksturali bo‘lib, ichki qismida yashirin top-bra va kosachalar mavjud. Karkassiz kosachalar ko‘krakni tabiiy ushlab turadi va alohida ichki kiyimsiz kiyish imkonini beradi. Tanaga yopishib turuvchi bichimi qomatni chiroyli ta’kidlaydi.
Matoning tarkibi 90% viskoza va 10% spandeksdan iborat bo‘lib, juda yumshoq, elastik va nafas oluvchi xususiyatga ega. Terini bezovta qilmaydi, terlatmaydi va kundalik foydalanishda maksimal qulaylik beradi. Shaffof emas, yaxshi cho‘ziladi va o‘z shaklini saqlaydi.
Yupqa lyamkalari va yengsiz dizayni yozgi kunlar uchun juda mos. Uni mustaqil kiyim sifatida ham, pidjak yoki ko‘ylak ostida birinchi qatlam sifatida ham kiyish mumkin. Kundalik, ofis, uy sharoiti yoki kechki obrazlar uchun universal tanlov. Har qanday kiyim bilan oson kombinatsiya qilinadi va zamonaviy ko‘rinish beradi.
Razmerlar: S, M
Ishlab chiqarilgan: Xitoy
YuBo
Ilovada qulayroq

Mahsulotni ilovada oching

Sevimlilarga qo'shish va xarid qilish osonroq.