Bosh sahifa Kostyumlar Ayollar yozgi uzun yubka va jaket to'plami (dvoyka kostyum) b.12q.794d 15501
Ayollar yozgi uzun yubka va jaket to'plami (dvoyka kostyum)  b.12q.794d     15501

Ayollar yozgi uzun yubka va jaket to'plami (dvoyka kostyum) b.12q.794d 15501

333 500 so'm

Sotuvda bor

O'ziga ishongan, har doim diqqat markazida bo'lishni xohlaydigan go'zal ayollarimiz uchun maxsus yozgi hashamatli kostyum-dvoyka to'plamini taqdim etamiz. Ushbu nafis va juda zamonaviy to'plam yozgi garderobingizning eng yorqin qismiga aylanadi. To'plam o'zaro mukammal moslashgan ikkita kiyimdan iborat: oldi zamokli (zanjirli) kalta yengli jaket hamda yon tomonlarida o'ziga xos dekorativ zamoklari bo'lgan uzun maksi yubka.

Kostyum yuqori sifatli, yengil va havo o'tkazuvchan matodan tikilgan bo'lib, yozning issiq kunlarida ham tanaga salqinlik va cheksiz qulaylik bag'ishlaydi. Kalta yengli jaket yelka qismini chiroyli yopib turadi, yoqasiz yumaloq bo'yin bichimi esa uni har xil top va maykalar bilan kiyish imkonini beradi. Jaketning old qismidagi zamok kiyimga zamonaviy va sport-shik uslubini beradi.

To'plamning eng ko'zga ko'rinadigan qismi — baland belli uzun maksi yubkadir. Yubkaning yon tomonlarida joylashgan vertikal metall zamoklar nafaqat chiroyli bezak, balki kiyimning yorig'ini (razrez) o'zingiz xohlagandek sozlash imkonini ham beradi. Xohishingizga ko'ra zamokni biroz ochib, jozibali bayramona obraz yaratishingiz yoki kundalik yurish uchun yopiq holatda qoldirishingiz mumkin.

Ushbu model ayollar qomatiga juda chiroyli o'tiradi va eng xaridorgir 48, 50 va 52 o'lchamlarda (razmerlarda) taqdim etiladi. Ragnlar palitrasi yozgi yorqinlikni aks ettiradi:

Suratdagi olovli qizil rang — jasoratli, go'zal va nafis ayollar uchun bo'lib, to'y, yubiley va kechki tadbirlarda sizni kechaning eng ko'zga ko'ringan personasiga aylantiradi.

Nafis moviy (ko'k/goluboy) rang — obrazga yengillik, soflik va mayin romantik kayfiyat bag'ishlaydi, kundalik uchrashuvlar uchun juda mos keladi.

Ushbu kostyumni ham birga, ham alohida kiyish mumkin. Uni baland poshnali poyabzallar bilan moslab bayramlarga kiyishingiz, yoki jaketni shimlar bilan alohida kombinatsiya qilishingiz mumkin. O'zingizga yozgi joziba va erkinlikni hadya qiling!

:
Ўзига ишонган, ҳар доим диққа
YuBo
Ilovada qulayroq

Mahsulotni ilovada oching

Sevimlilarga qo'shish va xarid qilish osonroq.