Bosh sahifa
Moyli isitgich QLT QC-2500
Moyli isitgich QLT QC-2500
688 000 so'm
Sotuvda bor
• 2 xil quvvat rejimi
• Qurilmani oson ko'chirish imkoniyati
• Isitish maydoni 27 m2 gacha
• Haroratni oson boshqarish
• Haddan tashqari qizib ketishdan himoya
• Ovozsiz
QLT QC-2500 moyli isitgichi 11 qovurg'adan iborat bo'lib, 27 m² gacha bo'lgan xonani samarali isitish uchun foydalaniladi. Moyli elektr isitgich o'zining konfiguratsiyasiga asosan, sovuq havoni qizigan qovurg'alar orasidan o'tkazib, atrofdagi havoni isitadi. Bunda isitilgan havo yuqoriga ko'tarilib, sovuq havo esa pastga harakatlanadi va u yerda isitgich yordamida qayta isitiladi.
Isitgich g'ildiraklar biriktirilgan tayanchga o'rnatilgan bo'lib, bu qurilmani har qanday sirtda oson harakatlantirish imkonini beradi. Qulay o'chirgichlar yordamida siz quvvatni oson boshqarishingiz va xona uchun mos isitish darajasini tanlashingiz mumkin. Qurilma, shuningdek, avtomatik termoregulyator bilan jihozlangan bo'lib, yetarlicha qiziganda u qurilmani avtomatik ravishda o'chiradi va harorat kerakli darajagacha pasayganda esa qayta yoqadi. Bu qurilmani haddan tashqari qizib ketishdan himoya qiladi va xonada doimiy ichki haroratni ta'minlaydi.
Qurilmaning maqsadi
Moyli isitgich xonalarni ichki isitish uchun mo'ljallangan.
Foydalanish davomida ehtiyot choralari
1. Isitgichni ishlatishdan oldin unga g'ildiraklarni biriktiring. Uning tekis yuzada barqaror turganligiga ishonch hosil qiling. Isitgichni faqat vertikal holatda (oyoqlari pastga qaratilgan holda) foydalaning, boshqa har qanday holatda foydalanish xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin.
2. Uyingizning elektr tizimi xususiyatlari qurilmaning foydalanuvchi qo'llanmasida ko'rsatilgan talablariga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Ikkala o'chirgichni 0 holatiga o'rnating va vilkani rozetkaga ulang. Vilkaning mahkam o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
3. Termostat tugmachasini soat yo'nalishi bo'yicha MAX holatiga aylantiring va isitgichni quyidagi tartibda yoqing: past issiqlik uchun I o'chirgichni, o'rtacha iss

Sharhlar
Hali sharh yo'q. Birinchi bo'ling!